"Borussiya D" afsonasi yana jamoaga qaytadi, faqat...

  • 31.05.2023 10:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Borussiya” klubi sobiq himoyachisi Marsel Shmeltser yana Dortmund jamoasiga qaytishi mumkin. Ruhrnachrichten.de nashrining xabar berishicha, u yoshlar jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi lavozimini egallaydi.

Yaqinda futbolchilik faoliyatini yakunlagan 35 yoshli germaniyalik mutaxassis B toifali murabbiylik litsenziyasini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, “Borussiya” joriy mavsum Germaniya chempionatiini ikkinchi o‘rinda yakunladi. Dortmund klubi oltin medallarga yaqin edi, ammo so‘nggi turda “Maynts” bilan durang o‘ynab, chempionlikni qo‘ldan boy berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!