
"Borussiya D" futbolchisi Keyn hamda Messini ortda qoldirdi
“Chelsi”ga transfer xuquqi tegishli bo‘lgan, ammo xozirda Dortmundning “Borussiya” klubida ijara assosida to‘p tepayotgan xujumchi Misha Batshuayi Evropaning top-5 ligalarida o‘ynagan daqiqalar va gollar nisbatdan etakchilikni qo‘lga olgan. Bu haqida Opta nashri xabar bermoqda.
Bu tadqiqotda o‘tgan mavsum boshidan beri barcha musobaqalar va maydonda kami 2 ming daqiqa sarflagan futbolchilarning natijalari hisobga olingan.
Batshuayi raqib darvozasini har 85 minutda ishg‘ol etishga erishgan va bu borada etakchilik qilib kelmoqda.
Quyida Top-5 ligalar doirasida peshqadamlik qilayotgan ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin: Xarri Keyn (“Totenxem”) – 89, Edinson Kavani (PSJ) – 90, Messi (“Barselona”) – 92 va Robert Levandovski (“Bavariya”) – 95.
Fikrlar