"Borussiya D" "Real" futbolchisini ko‘zlamoqda
"Borussiya" Dortmund "Real" vingeri Reyner uchun kurashga qo‘shildi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, nemis klubi 18 yoshli braziliyalik futbolchini 1 mavsumga ijaraga olmoqchi. Unga esa "Bayer", "Valyadolid" va "Real Sosedad" klublaridan ham qiziqishlar bor. “Qirollik klubi” esa uni o‘sishga erishishi mumkin bo‘lgan kuchliroq jamoaga ijaraga bermoqchi.
“Real” Reynerni joriy yilning yanvar oyida 30 mln evro evaziga sotib olgan edi. U "Kastilya" jamoasida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.

Fikrlar