"Borussiya D" Xolandni qanchaga sotmoqchi?

  • 06.06.2021 23:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Borussiya" Dortmund Erling Xolandni qanchaga sotishi bo‘yicha bir qarorga keldi.

AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda, nemis grandi 20 yoshli norvegiyalik futbolchini 200 million evro evaziga boshqa jamoaga qo‘yib yuborishga tayyor. Narxning bunday ko‘tarilishiga futbolchiga APL va La Liganing bir qator top-klublari qiziqish bildirayotgani sabab bo‘ldi.

Xoland uchun "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Tottenxem", "Chelsi", "Real" va "Barselona" klublari da’vogarlik qilmoqda.

Erling o‘tgan mavsum "Borussiya"da jami 40 ta o‘yin o‘tkazdi. U ushbu uchrashuvlarda 40 ta gol hamda 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!