"Borussiya" Dortmund asosiy darvozaboni bilan shartnomani uzaytiradi

  • 13 iyun, 2020, 23:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya” Dortmund o‘zining asosiy darvozaboni Roman Byurkiga yangi shartnoma taklif qiladi. Bu haqda klub sport direktori Mixael Tsork aytib o‘tdi.

Tecno

“Biz Roman Byurki bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishib oldik. Roman bizning jamoada to‘p surishda davom etishidan xursandmiz”, - deydi Tsork.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli shveytsariyalik posbon “Borussiya” Dortmund safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnmoasi esa yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi.

Byurki joriy mavsum Bundesligada 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va shularning 12 tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qola oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!