"Borussiya" Dortmund etakchi futbolchisidan ayrildi
Dortmundning “Borussiya” klubi yana bir markaziy chiziq vakilidan ayrildi. Jarohati sabab Yulian Brandt lazaretga ravona bo‘ldi.
“Brandt biroz o‘yindan tashqarida bo‘ladi. U mushaklarini shikastlab oldi. Uning tiklanishi uchun taxminan ikki hafta ketadi deb o‘ylayman”, - dedi bosh murabbiyi klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
25 yoshli Brand joriy mavsum Bundesligada 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Uning klub bilan imzolagan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar amal qiladi.
“Borussiya” Dortmund 4 turdan so‘ng 9 ochko bilan Bundesliga musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar