"Borussiya" Dortmund sardori Evropa chempionatiga bormasligini ma’lum qildi

  • 19 may, 2021, 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dortmundning "Borussiya" klubi sardori Marko Roys “Evro-2020”da o‘ynamasligini malum qildi.

Tecno

"Qiyin, biroq muvaffaqiyatli o‘tgan mavsumdan so‘ng, men terma jamoa murabbiyi bilan kelishgan holda, Evropa chempionatiga bormaslikka qaror qildim. Bu qaror men uchun juda qiyin bo‘ldi, chunki men vatanim uchun o‘ynashdan faxrlanaman. Ammo o‘zim va "Borussiya" uchun juda tig‘iz o‘tgan mavsumdan so‘ng, tanamga tiklanish uchun vaqt berishga qaror qildim.

Tanaffusdan foydalanib, o‘zimni yangi mavsumga optimal darajada tayyorlayman! Yoaxim Lyovga va jamoamizga Evropa chempionatida eng yaxshi tilaklarimni tilayman. Biz muxlis sifatida terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlaymiz",  - dedi Roys.

Joriy mavsumda germaniyalik futbolchi Bundesligada 7 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!