"Borussiya Dortmund" sobiq futbolchisini qaytarishga urunmoqda
Dortmundning "Borussiya" klubi Jeydon Sanchoni jamoaga qaytarish borasida ish olib bormoqda. "Sky Sports News" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, germaniyaliklar hali "Manchester Yunayted"ga rasmiy taklif yubormagan, ammo futbolchining shartlari haqida ma’lumot to‘plamoqda.
"Qizil iblislar" esa 25 yoshli angliyalik futbolchini to‘liq sotishni afzal ko‘radi. Biroq, klub yana bir mavsumlik ijarani ham inkor etmayapti. Agar Sancho ijaraga beriladigan bo‘lsa, mankunianliklar shartnomaga to‘liq sotib olish imkoniyatini ham kiritilishini talab qiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Sancho ijara asosida "Chelsi" safida harakat qilgan, biroq londonliklar uni to‘liq sotib olishdan voz kechgandi. Sanchoning MYu bilan amaldagi shartnomasi esa 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan.



Fikrlar