"Borussiya" Dortmundga qarshi Germaniya Superkubogi bahsidan oldin "Bavariya"da jiddiy yo‘qotish bo‘ldi
"Bavariya" vingeri Leroy Sane jarohati sabab ikki haftaga safdan chiqdi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Xansi Flik xabar berdi.
“Vinger FIFA kunlaridan so‘ng maydonga qaytadi. Uning tizzasi shikastlangan”, - dedi Flik.
Sane “Bavariya” safiga shu yoz “Manchester Siti”dan ko‘chib o‘tgan edi. Endi u ertaga “Borussiya” Dortmundga qarshi bo‘ladigan Germaniya Superkubogi bellashuvida maydonga tusholmaydi.



Fikrlar