"Borussiya" futbolchisi bu yil maydonga tushmasligi mumkin

  • 6 noyabr, 2021, 14:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dortmundning “Borussiya” klubi sentyabr oyida hujumkor yarim himoyachi Jovanni Reynadan jarohat sabab ayrilgan edi.

Tecno

18 yoshli futbolchi AQSh terma jamoasi qarorgohida mushaklaridan jiddiy jarohat olgan va shundan beri maydonga tushmayapti.

Goal.com xabariga ko‘ra, amerikalik futbolchining tiklanish jarayoni sust kechmoqda. Shu sababli, u kalendar yilining qolgan qismini o‘tkazib yuborish xavfi bor.

Ushbu mavsumda Reyna "Borussiya" tarkibida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!