"Borussiya" hujumchisi Evropa grandlarini qiziqtirib qo‘ydi
“Borussiya” Myunxengladbax hujumchisi Markus Tyuramga Evropaning grand klublari jiddiy qiziqib qoldi.
23 yoshli frantsiyalik futbolchini “Barselona”, “Yuventus” va “Manchester Siti” klublari o‘z safida ko‘rishni xohlamoqda. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatdi. Bundan tashqari, “Real” va “Milan” klublari ham Markusga befarq emas.
“Borussiya” Tyuramni 2019 yilning yozida “Gengam”dan 8 million evro evaziga sotib olgan edi. U o‘tgan mavsum 39 ta o‘yinda maydonga tushdi va 14 ta gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar