“Borussiya” raqib hujumchisiga xaridor

  • 24 aprel, 2021, 14:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya” rahbariyati jamoa to‘purari Erling Xolandni ushlab qola olmasligini bilgan holda unga munosib o‘rinbosar qidirayotgan edi.

Tecno

Dortmundliklar norvegiyalik hujumchi boshqa klubga o‘tib ketadigan bo‘lsa, uning o‘rniga “Ayntarxt” yulduzi Andre Silvani olib kelishni rejalashtirmoqda. Portugaliyalik futbolchi joriy mavsumda sermahsul o‘yin ko‘rsatmoqda va Bundesligada 28 ta uchrashuvda 24 ta gol muallifi bo‘ldi.

“Borussiya” Silva uchun 30-40 million evro atrofida xarajat qilishga tayyor. Lekin ularga bu futbolchini olish oson bo‘lmaydi.

Chunki “Manchester Yunayted” jamoani tark etishi kutilayotgan Edinson Kavani o‘rniga aynan Andre Silvani olib kelish bo‘yicha ish boshlash arafasida turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!