“Borussiya” Xoland bo‘yicha so‘nggi qarorini aytdi

  • 03.05.2021 11:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundliklar hujumchisi Erling Xoland eng xaridori ko‘p futbolchi hisoblanadi. Evropaning eng qudratli klublari uni olish uchun yozda katta xarajatlarga tayyor.

“Borussiya” avvaliga uni sotib yuborishni rejalashtirayotgan edi. Lekin keyinchalik vaziyat o‘zgardi. Bu haqda klubning sport direktori Sebastyan Kel ma’lum qildi.

- Xoland kelasi mavsumni ham Dortmundda o‘tkazadi. O‘zi shunga rozi. Men uni har kuni ko‘raman va bilamanki, u o‘zini klub bilan bog‘lagan, - dedi Sebastyan Kel.

Ma’lumki, yaqinda  Erlingning otasi uning agenti Mino Rayola bilan Ispaniya va Angliya grand klublari bilan muzokara o‘tkazgan edi.

Xolandning “Borussiya” bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyunigacha davom etadi. Hujumchi joriy mavsumda Bundesligada 26 ta uchrashuda 25 ta gol urdi va ettita golli pas oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!