“Borussiya” yulduzi bilan xayrlashyapti

  • 6 may, 2021, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya” yozgi transferlar vaqtida angliyalik yarim himoyachi Jeydon Sanchoni sotib yuborishga qaror qildi. Dortmundliklar hujumkor futbolchi uchun kamida 100 million evro tikadigan klub bilan muzokara boshlashga tayyor.

Tecno

Jeydon Sanchoga anchadan beri “Manchester Yunayted” xaridor hisoblanadi. Sulsher jamoasi o‘tgan yili 120 million evroga futbolchini qo‘lga kirita olmagan edi. Aniqrog‘i, dortmundliklar bu summani bo‘lib to‘lash taklifini qabul qilmagan.

Bu yil ham Sanchoning bozori chaqqon. Chempionlar ligasi finali oldidan tarkibini kuchaytirishni maqsad qilgan “Chelsi” SAnchoni yozgi transferlar vaqtida asosiy nishon sifatida tanladi.

Tarkibini jiddiy yangilashga qaror qilgan “Liverpul” ham 20 yoshli futbolchi uchun yaxshigina xarajatga tayyor.

Sancho joriy mavsumda Bunesligada 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol urdi va to‘qqizta golli pas uzatdi. Uning dortmundliklar bilan shartnomasi yana ikki yil davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!