"Borussiya"dan ketayotgan Marko Roysga 2 ta chempionatdan taklif tushmoqda

Mavsum oxirida “Borussiya D”ni tark etadigan yarim himoyachi Marko Roys faoliyatini yakunlamoqchi emas. Bu haqda jurnalist Patrik Berger xabar tarqatmoqda.

Insayderning yozishicha, 34 yoshli vinger kamida yana bir mavsumni yuqori saviyada o‘tkazmoqchi. Germaniyalik tajribali futbolchining xizmatlariga Turkiya chempionati va MLS klublari qiziqish bildirmoqda.

Marko 2012 yildan buyon dortmundliklar safida to‘p surmoqda. U o‘tgan davr mobaynida "Borussiya" tarkibida 424 ta uchrashuvida qatnashib, 168 ta gol udi va 128 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Borussiya” Dortmund 31 turdan so‘ng Germaniya Bundesligasining musobaqa jadvalida 57 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. Jamoa shuningdek, UEFA Chempionlar ligasida ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. “Borussiya” yarim finalning dastlabki bahsida PSJni 1:0 hisobida engdi. Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 8 may kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!