“Borussiya”ning Xolandga va’da qilayotgan maoshi kulgiga sabab bo‘lyapti

  • 08.10.2021 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundliklar kelasi yozda ham Erling Xolandni o‘z safida ushlab qolmoqchi. “Borussiya” rahbariyati norvegiyalik to‘purar olib qolish maqsadida uning maoshini ikki baravar oshirishga qaror qildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Xoland ayni paytda nemis klubidan yiliga 8 million evro olmoqda. Dortmundliklar agar hujumchi ketib qolmasa, uning yillik maoshini 15 million evroga ko‘tarmoqchi.

Qiziq tomoni shundaki, futbolchini agenti Mino Rayola Evropaning grand klublarida futbolchiga yiliga 50 million evro maosh berishni talab qilmoqda.

O‘tgan transferlar davrida ayrim klublar yosh hujumchiga 30 million evro atrofida yillik maosh taklif qilgandi.

Grandlar bermoqchi bo‘layotgan maoshga solishtirganda dortmundliklar va’da qilayotgan summa kulgili ko‘rinyapti.

Xolandning “Borussiya” bilan shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi. 21 yoshli hujumchi joriy mavsumda Bundesligada beshta uchrashuvda maydonga tushib, ettita gol va to‘rtta golli pas muallifi bo‘ldi. Uning transferi 130 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sultanov Nodirbek
09/10/2021 08:12
Transfer summasi 150 millionga koʻtarildiku