Bosh murabbiy "Liverpul" uchun ideal futbolchi topdi
«AZ Alkmaar»ning hujumkor yarim himoyachisi Kes Smit faoliyatini «Liverpul»da davom ettirishi mumkin. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Mersisayd klubi ancha vaqtdan beri 20 yoshli niderlandiyalik futbolchini kuzatib kelmoqda va qishki transfer oynasida uni sotib olishga urinib ko‘rishi mumkin. «Qizillar» bosh murabbiyi Andoni Iraola shaxsan Smitni jamoaga taklif etish tarafdori ekani aytilmoqda.
Murabbiyning fikricha, yosh yarim himoyachi uning yuqori intensivlikdagi pressinga asoslangan o‘yin uslubiga to‘liq mos keladi. Ehtimoliy transfer qiymati 60 million yevro atrofida baholanmoqda.
Shu bilan birga, Smitga faqat «Liverpul» emas, balki boshqa bir qator Premier-liga klublari ham qiziqish bildirmoqda. Xususan, «Chelsi», «Tottenxem», «Nottingem Forest», «Aston Villa», «Kristal Pэlas» va «Brayton» ham yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganayotgani qayd etilgan.
Kes Smit joriy mavsumda barcha musobaqalarni inobatga olgan holda olti o‘yinda maydonga tushib, ikki marta golli pas bilan jamoasiga yordam berdi.

Fikrlar