Bosqinchilar bu gal “Real” yulduzining uyiga hujum qildi

  • 2 sentabr, 2022, 16:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyada mashhur futbolchilarning uyiga bosqichlik qilish ommalashib bormoqda. Yaqinda jinoyatchilar Per-Emerik Obameyangni uyiga kirib, qimmatbaho narsalarni o‘margan va futbolchini do‘pposlab, jag‘ini sindirgan edi.

Tecno

Oradan hech qancha o‘tmasdan, “Real” himoyachisi Dani Karvaxalning poytaxt yaqinidagi Boadilya-del-Monte hududidagi uyi hujum nishoni bo‘ldi.

Uch nafar jinoyatchi 30 yoshli futbolchining uyiga kirishga uringan. Signalizatsiya ishlab ketgani bois bosqinchilar qochib ketgan. Voqea yarim tunda yuz bergan. Bu vaqtda Karvaxal uyda bo‘lmagan. Aksincha uy xizmatlari o‘sha erda bo‘lgan.

O‘rnatilgan kameralar turli predmetlar bilan qurollangan uch kishining uy hududiga kirganini yozib olgan. Politsiya  bosqinchilarni qidirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!