Boykot kengayapti: Ispaniya va Portugaliya JCh-2030'ni qabul qilishdan voz kechishi mumkin
FIFA prezidenti Janni Infantinonning jahon chempionati va boshqa musobaqalarning tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish haqidagi taklifi futbol jamoatchiligida keskin norozilikka sabab bo‘ldi. UEFA rasman ma’lum qilishicha, agar bu g‘oyadan voz kechilmasa, Yevropa terma jamoalari FIFA homiyligidagi barcha musobaqalarni, jumladan jahon chempionatini ham boykot qiladi.
The Touchline nashri El Espanol manbasiga tayanib xabar berishicha, agar Janni Infantino o‘z tashabbusidan orqaga qaytmasa, Ispaniya va Portugaliya 2030 yildagi jahon chempionatiga mezbonlik qilishdan voz kechishga tayyor. Marokashning bu boradagi rasmiy pozitsiyasi hozircha oshkor etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2030 yildagi jahon chempionatiga Ispaniya, Portugaliya va Marokash mezbonlik qilishi kerak. Shu bilan birga, musobaqaning ochilish uchrashuvlari turnirning yuz yillik yubileyi munosabati bilan Urugvay, Paragvay va Argentinada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar