"Bozorda yuqori sifatli o‘yinchilar bor, lekin..." yoxud "Neftchi" ustozi tarkibda yana qanday o‘zgarishlar bo‘lishi, Lutfulla To‘raev masalasi va Abror Ismoilovning ketishiga qanday munosabat bildirdi?

  • 26 dekabr, 2022, 08:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Farg‘onaning “Neftchi” klubi kuni kecha Toshkentdagi yig‘inini yakunladi. Aytish kerakki, bu ularning yangi mavsum uchun ko‘rayotgan tayyorgarlik jarayonining birinchi bosqichi hisoblanadi.

Tecno

Tarkibda ham allaqachon o‘zgarishlar boshlanib ketgan. Klub ustozi Vitaliy Levchenko jamoasining ilk o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan so‘ng Sports.uz jurnalisti Shuhratbek Jo‘raevning savollariga javob qaytardi.

- Vitaliy Grigorevich, jamoangizning Toshkentda o‘tkazilgan birinchi yig‘inidan qoniqdingizmi?

- Ha, biz samarali ishlarni olib bordik. Rejamizga ko‘ra ikkita nazorat o‘yinini o‘tkazdik. O‘yinchilarimizni jiddiy vazifaga tayyorlab boryapmiz.

- Abror Ismoilovning ketishi katta yo‘qotishmi? Uni “Neftchi”da olib qolishning ilojisi bo‘lmadimi?

- Asosiy tarkib futbolchisi ketganida bu doim yo‘qotish bo‘ladi. Shu sabab biz albatta tarkibni kuchaytirish ustida ish olib boryapmiz.

vitaliy_5

- Umuman aytganda, uning “Navbahor” klubiga o‘tishi siz uchun kutilmagan yangilik bo‘ldimi yoki...

- Mish-mishlar chempionat tugashidan ikkita tur oldin ham bor edi. O‘shanda Ismoilovga “Navbahor” qiziqayotganidan xabarimdor edim. Albatta, futbolchi faoliyatini qaerda davom ettirish borasidagi qarorni o‘zi qabul qiladi. Ha, Abror bilan gaplashdim. Futbolchi menga Osiyo Chempionlar ligasida o‘ynashini xohlashini aytdi.

- Shu kungacha yana qaysi futbolchilar bilan shartnomalar imzolandi?

- Nurillo To‘xtasinov va Toma Tabatadze bilan shartnomalar imzoladik. Ular yaxshi darajadagi futbolchilar. Shu bois ikkalasi ham bizga yordam bera olishadi, deb hisoblayman.

- Endi jamoangiz Turkiyada shug‘ullanadi. Qaysi raqiblar bilan o‘ynaysizlar?

- Ha, biz Turkiyada ikkita yig‘in rejalashtirganmiz. Hammasi bo‘lib 10 ta nazorat uchrashuvini o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Ikkita yig‘inimiz doirasidagi 10 ta uchrashuv uchun shartnomalar imzolanib bo‘ldi. Bu Polsha va Ukraina premer-ligasi jamoalaridir.

vitaliy2_3

- Ayni paytda sizni qiynayotgan muammo nimada?

- Asosiy muammo bu jamoani yuqori darajali o‘yinchilar bilan kuchaytirish. Biz bu borada sifatni xohlaymiz.

- Selektsiya ishlaridan qoniqyapsizmi? Yana kimlar bilan shartnoma imzolanadi?

- Tarkibni kuchaytirish ustida kuniga 24 soatdan ishlayapmiz. Ishoning, bu oddiy jarayon emas. Biz juda ko‘p futbolchilarni ko‘rib chiqdik. Hammasi ham qarashlarimiz hamda talablarimizga javob beravermaydi. Bozorda yuqori sifatli o‘yinchilar bor. Lekin ularning talabi ham ancha jiddiy. Biz o‘zimizning byudjetimizdan kelib chiqqan holda ish olib boramiz.

- “Neftchi” yig‘inida bo‘lgan legionerlar – Lisakovich bilan Batyushin kabilarning taqdiri nima bo‘ladi? Ular yoqdimi?

- Albatta, ushbu o‘yinchilarni ham ko‘rib chiqdik. Ular borasida Turkiyadagi yig‘inimizga yaqin qaror qabul qilamiz. Chunki bizda legionerlar limiti bo‘yicha joylarimiz cheklangan.

levchenko1_3

- Negadir Lutfulla To‘raevni yig‘inlarda ko‘rmadik...

- Lutfulla To‘raev asosiy jamoamiz bilan ishlayotgandi. Unga sun’iy maydonda o‘ynash ta’qiqlangan. Shu sababli uni ehtiyot qildik.

- Sir bo‘lmasa yana yangi legionerlar qo‘shiladimi?

- Legionerlar bo‘ladi. Lekin biz har tomonlama o‘zimiz uchun qulay bo‘lishini xohlaymiz. Narxi, sifati va o‘yin uslubimizga mos kelishi kerak.

Shuhratbek Jo‘raev.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!