Braim Dias Simeonega: Endi gapir!

  • 5 mart, 12:45
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Braim Dias Chempionlar ligasi doirasida "Atletiko" darvozasiga gol urganidan so‘ng Diego Simeonega javob qaytardi. 

EChL 1/8 finali doirasida "Real" "Atletiko"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Braim 55-daqiqada g‘alaba golini urdi. 

Golni nishonlash chog‘ida yarim himoyachi Simeonega qarab: "Endi gapir, endi gapir"! deb baqirdi. 

Gap shundaki, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida "matraschilar" ustozi Braimning maydonga tushishiga shubha qilgandi. 

"O‘ylaymanki, ular Bellingemning o‘rnini Modrich va Chuameni yoki Kamavinga bilan to‘ldiradi. Braimning maydonga tushishi ehtimoli bor, lekin mening ishonchim komil emas", - degan edi Simeone. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
05/03/2025 14:04
ёмон гап йукку?
ёш жужахуроз катталарни хурмат килишни билиши керак