
Braziliya barcha top chempionatlarni zabt etgan murabbiyni olib kelmoqchi
Braziliya futbol rasmiylari jamoadan ketgan Tite o‘rniga top murabbiy olib kelmoqchi.
Jahon chempionati boshlanishidan oldin braziliyaliklar "Manchester Siti" murabbiyi Xosep Gvardiola va "Real Madrid" ustozi Karlo Anchelotti bilan aloqada bo‘lgan. Gvardiola "pentakampeonlar" bilan ishlashdan bosh tortgandi va biroz o‘tib, "shaharliklar" bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirdi.
"UOL Esporte" xabariga ko‘ra, Braziliya Futbol Konfederatsiyasi 2026 yilda AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan mundialga ko‘z tikkan. Shu maqsadda, 2024 yilning yozida shartnomasi yakunlanadigan Karlo Anchelottini jamoa bosh murabbiyligiga olib kelmoqchi. Anchelotti bu mavsumni o‘z jamoasi "qaymoqranglilar" safida yakunlamoqchi.
Agar "Papa Karlo" 2023 yilning yozida Braziliya terma jamoasini boshqarishga rozi bo‘lsa, u holda "pentakampenlar" italiyalik kelguniga qadar vaqtinchalik bosh murabbiy topishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, 63 yoshli mutaxasis hali terma jamoalar bilan ishlamagan. Evropaning barcha top besh chempionatlarini, shuningdek, 4 marta chempionlar ligasini yutgan.
Fikrlar