
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi: Messini qanday to‘xtatishni bilaman
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite Argentinaga qarshi bo‘ladigan Amerika kubogi finalidan oldin raqib jamoa etakchisi Lionel Messi haqida gapirdi.
“Men Messini qanday to‘xtatish kerakligini bilaman, lekin bu haqda gapirmoqchi emasman. Uni to‘liq zararsizlantirish mumkin emas, ammo biz uning ta’sirini kamaytirishimiz mumkin”, - dedi Tite.
Braziliya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 11 iyul kuni Toshkent vaqti bilan tonggi soat 05:00 da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli Messi faoliyati davomida terma jamoa safida birorta ham sovrin yuta olmagan va bu uning ilk sovrini bo‘lishi mumkin.
Fikrlar