
Braziliya yana g‘alaba qozona olmadi
Singapurdagi "Milliy" stadionda Braziliya va Nigeriya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini o‘z nihoyasiga etdi. Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi - 1:1.
35-daqiqada Jo Aribo hisobni ochgan bo‘lsa, 48-daqiqada Kazemiro o‘zining aniq zarbasi bilan muvozanatni tiklashga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya bundan oldin Senegal bilan ham durang o‘ynagan edi. Qizig‘i, o‘sha bahs ham 1:1 hisobi bilan yakun topgan edi.
Fikrlar