
Braziliyada Jezusni o‘rnini bosa oladigan futbolchi topildi
“Liverpul” klubi forvardi Roberto Firmino terma jamoadagi jarohat olgan sherigi Gabriel Jezusning o‘rnini bilintirmaslik qo‘lidan kelishini aytib o‘tdi.
“Afsuski, Gabriel jarohati sabab Urugvayga qarshi o‘ynay olmaydi. Ammo, men uning o‘rnini bosishim mumkin. Men avval ham terma jamoaga chaqirilganman va mening bu erda yordamim tekkan. Men tayyorman. Bu men uchun ajoyib imkoniyat. Agar murabbiy meni tanlasa, jamoamga yordamim tegishi uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman”, - deydi Firmino ESPN FC nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Urugvay – Braziliya terma jamoalari bahsi 24 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 4:00da start oladi.
Fikrlar