
Braziliyalik futbol yulduzi Odil Ahmedov bilan o‘ynashni tanladi
Mashhur hujumchi Xalk ko‘plab klublardan taklif olayotganiga qaramay, Odil Ahmedov to‘p surayotgan “Shanxay SIPG” jamoasidagi faoliyatini davom ettirishini bildirdi.
- Men Braziliya klublaridan juda ko‘p taklif olyapman. Men hozirgi klubimni hurmat qilaman va shartnomam yakunigacha shu erda qolaman, - dedi Xalk.
33 yoshli hujumchi shu paytgacha xitoyliklar tarkibida 138 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 86 ta gol urdi va 47 ta golli pas uzatdi.
O‘zbekiston terma jamoasi etakchisi Odil Ahmedov bilan birga Rossiya chempionatidan “Shanxay SIPG” jamoasiga ko‘chib o‘tgan Xalk Xitoy chempionligini ham qo‘lga kiritgan.
Fikrlar