
Braziliyalik legionerning goli "Nasaf"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qololmadi
Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalangan holda "Nasaf" va "Xorazm" jamoalari o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Bellashuvda xorazmliklar 2:1 hisobida zafar quchdi. Dastlab, "ajdarlar"ning braziliyalik hujumchisi Mateus Lima Kruz hisobni ochdi. Bunga mehmonlar Shahzod Beshimov hamda Roki Marchianoning aniq zarbalari evaziga ikki bor javob qaytardi.
Fikrlar