Braziliyaliklar terma jamoani Mourino boshqarishi kutyapti

  • 11 dekabr, 2022, 17:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi uchun Qatardagi jahon chempionati muvaffaqiyatsiz yakunlandi. G‘oliblikka asosiy da’vogar sanalgan braziliyaliklar chorak finalda Xorvatiya to‘sig‘idan o‘tolmadi.

Bu mag‘lubiyatdan so‘ng, terma jamoani olti yil boshqargan Tite o‘z lavoo‘imidan ketadigan bo‘ldi. Braziliya futbol federatsiyasi vaqt yo‘qotmasdan keyingi davrda jamoaga ustozlik qiladigan mutaxassis qidirishga kirishdi.

La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, braziliyaliklar bir necha nomzodlarni o‘rganib chiqmoqda. Asosiy figuralardan biri sifatida “Roma”ni boshqarayotgan Joze Mourino tilga olinmoqda.

Portugaliyalik mutaxassisning rimliklar bilan kelishuvi yakunlanishiga yana bir yarim yil bor. Biroq, yaxshi taklif hammasini o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!