
Braziliyaning bir klubidan uchta yulduz kelyapti!
Angliya Premer-ligasini ettinchi o‘rinda yakunlab, kelasi mavsum Konferentsiyalar ligasida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgan “Nottingem Forest” yozda tarkibini kuchaytirishga qaror qildi.
The Athletic nashri jurnalisti David Ornshteynning ma’lum qilishicha, “o‘rmonchilar” skautlari jamoaga Braziliyadan yangi talantlarni topdi.
Qizig‘i shundaki, bu o‘yinchilarning bari bir jamoa – “Botafogo” vakillaridir.
“Nottingem Forest” mutasaddilari markaziy hujumchi Igor Jezus, chap qanot himoyachisi Kuyabano va markaziy himoyachi Jair bilan muzokaralarni ijobiy yakunlash arafasida turibdi.
Manbaga ko‘ra, bu uch nafar iste’dodli futbolchi imkon qadar tezroq Angliyaga ko‘chib kelib, Evropa futbolini zabt etishga tayyor.
Fikrlar