
Breaking! Azmun faoliyatini Osiyoda davom ettiradi
Eron terma jaomasi va "Bayer" klubi hujumchisi Sardor Azmun faoliyatini Osiyoda davom ettiradi.
Insayder Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, eronlik forvardga asosiy da’vogar BAAning "Shabab al Ahli" klubi bo‘lib turibdi va har ikki tomon transfer masalasini ko‘rib chiqishga tayyor. Ma’lum bo‘lishicha, Azmun ham ushbu klubga o‘tishga qarshi emas.
Eslatib o‘tamiz, Sardor Azmun professional faoliyatida ilk bor Osiyo jamoalarida faoliyat olib borishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Azmunning transfer narxi 8 million evro.
Fikrlar