
Breaking! "Manchester Siti" Husanovga qiziqish bildirmoqda", - Romano
"Lans" tarkibida harakat qilayotgan Abduqodir Husanovga "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda, deya xabar beryapti insayder Fabritsio Romano.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, himoyachini "shaharliklar" qishda o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Klub futbolchi haqida ma’lumotlarni oldi.
Avvalroq, Husanov uchun Angliyadan "Tottenxem" va "Nyukasl" jamoalari ham kurashayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, Bundesliga, A Seriya chempionatlaridan ham takliflar bor.
Abduqodir ushbu mavsum "Lans" safida 16 ta o‘yinda maydonga tushishga ulgurdi. Shu bilan birga, u juda ishonchli harakat qilib, ko‘plab grandlarni e’tiborini tortdi.
Fikrlar