
BREAKING! Tailandga qarshi o‘yin oldidan terma jamoamiz etakchisi maydonga tusha olmasligi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Otabek Shukurov betobligi sababli shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra Tailandga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Futbolchimizda tumov kasalligi natijasida yuqori tana harorati kuzatilmoqda. Barcha zarur muolajalar amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - Tailand uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 16:30 da start oladi. Bellashuvni SPORTS.uz saytining "Telegram" kanalida JONLI EFIRDA tomosha qilishingiz mumkin!
Fikrlar