Breaking! Yusupov Eron jamoasiga o‘tdi

  • 26 iyul, 2024, 12:47
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Terma jamoamizning asosiy darvozaboni O‘tkir Yusupov Eronning "Fulad" jamoasi futbolchisiga aylandi. Mashhur Transfermarkt portalida darvozabonning profilidagi ma’lumotlar yangilandi va uning hozirgi jamoasi deya "Fulad" klubi ko‘rsatilgan.

Manbaning xabar berishicha, futbolchi bilan bir yil muddatga mo‘ljallangan shartnoma kecha imzolangan. Eron klubi ushbu transfer uchun 300 ming evro sarflagani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Yusupov Superliganing joriy mavsum birinchi davrasida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!