Bremer APL grandlari taklifini rad etib, "Yuventus"da qolishini aytdi

  • 31.07.2023 07:35
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bremer "Yuventus"dan ketishi haqidagi mish-mishlarga javob berdi

Turin klubi markaziy himoyachisi Gleyson Bremer kelajagi haqida gapirdi.

Braziliyalik himoyachiga APLning grand klublari, shu jumladan, "Tottenxem" va"Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. 26 yoshli futbolchi Turinda qolishni xohlayapti:

"Menga ingliz klublaridan qiziqish bo‘lsa ham, "Yuventus"da qolmoqchiman. Bu jamoa bilan sovrinlar yutish niyatim bor",- dedi futbolchi "Tuttosport" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Bremer o‘tgan yozda "Torino"dan 41 million evro evaziga "keksa-senora" safiga kelib qo‘shilgan edi. Markaziy himoyachining klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha tuzilgan.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!