
Brendon Shaub Habib Nurmagomedovning fikriga javob qaytardi
UFC sobiq jangchisi, og‘ir vazn toifasi vakili Brendon Shaub Habib Nurmagomedovni Kolbi Kovington haqidagi gaplariga o‘z munosabatini bildirdi.
"Bu gaplarni Habib aytgani... Nima qilyapsan o‘zi? Doim biror-bir fikr bilan e’tibor markazida bo‘lmoqchimisan? Habib menga yoqadi, ammo bu har qaysi yo‘l bilan fikringni o‘tkazish kerak degani emas.
Menda bir ideya bor. Sportchilik faoliyatinga qaytib, uni o‘zing mag‘lub etsang bo‘lmaydimi? Hammasini qonuniy yo‘l bilan hal qilsangchi? Habib muxlislarning yodidan chiqmaslik uchun internet sahifalarida tinmay gapiryapti, uning promousheni bor va hokazo…
U agar Konor, Maxachevni engsa, qaytishini aytgan. Ajoyib! Bu energiyani saqla. Agar senga Kolbi yoqmasa, chiq va jang qil. Lekin, birovni to‘satdan urish - bu dunyodagi eng yomoni",-dedi Shaub.
Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov Kolbi Kovington hamda Xorxe Masvidal janjali va undan keyingi voqeyliklarda Masvidalni yoqlab chiqqandi.
Fikrlar