
BRIKS o‘yinlari: Bokschi qizlarimiz bir qator medallarni qo‘lga kiritishdi
Rossiyaning Qozon shahrida xalqaro BRIKS o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Kecha musobaqada boks bo‘yicha ayollar va erkaklar o‘rtasida yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi.
-54 kg vaznda ringga ko‘tarilgan vakilamiz Nigina O‘ktamova, mezbon Natalya Samohinani mag‘lubiyatga uchratib finalga yo‘l oldi.
-52 kg vaznda bo‘lib o‘tgan yarim final bahsda Feruza Kazakova, rossiyalik Anna Aedmaga imkoniyatni boy berib, musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
Sitora Turdibekova -57 kg vaznda hindistonlik Sakshiga qarshi bo‘lib o‘tgan yarim final bahsida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bronza medaliga ega chiqdi.
-63 kg vaznda bahs olib borgan vakilamiz Dilfuza Bekova, xitoylik Wen Jin Wangga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani bronza medali bilan yakunlaydigan bo‘ldi.
-75 kg vaznda ringga ko‘tarilgan bokschimiz Aziza Zokirova venesuealik Keidy Guevarani ikkinchi raunddayoq texnik nokautga uchratdi.
Mavluda Movlonova -70 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, mezbon sportchisi Lyudmila Kotlyarovaga imkoniyatni boy berdi va bronza medalga ega chiqdi.
Ayollar o‘rtasidagi so‘ngi yarim final bahsida, -81 kg vaznli bokschimiz Oltinoy Sotimboeva xitoylik Lu Jenga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Ertaga final bahslari o‘tkaziladi.
Fikrlar