
Brunu Fernandesh APL tarixidagi eng yaxshi qishki transfer deb topildi
BBC o‘zining rasmiy sayti orqali APL tarixida qishki transferlar davrida amalga oshirilgan eng yaxshi xaridlarni aniqlash bo‘yicha maxsus so‘rovnoma o‘tkazdi.
So‘rovnomada Brunu Fernandesh, Nemanya Vidich, Patris Evra (barchasi – «Manchester Yunayted»), Luis Suares, Virjil van Deyk, Filippe Koutino (barchasi – «Liverpul»), Per-Emerik Obameyang («Arsenal») va yana bir qator futbolchilar nomzodi qo‘yildi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Fernandesh 31 foiz ovoz bilan 1-o‘rinni egalladi. Aytish kerakki, MYu uni 2020 yilning yanvarida 47 mln evro evaziga “Sporting”dan sotib olgan edi.
Bu borada keyingi o‘rinlardan van Deyk (26%), Vidich (15%) va Suares (13%) joy oldi.
Fikrlar