Brunu Fernandesh MYudagi ilk intervyusida nimalar dedi?
"Manchester Yunayted"ning yangi futbolchisi Brunu Fernandesh mankunianliklar safiga o‘tganidan so‘ng dastlabki taasurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men "Menchester Yunayted"ga Krishtianu Ronaldu o‘yinlarini ko‘rib muxlislik qilishni boshlaganman. O‘shandan beri shunday ajoyib klubning muxlisiman. Endi MYu futbolchisiman, bu esa juda ajoyib tuyg‘u.
Bu nuqtaga etishish uchun ko‘p harakat qildim. Muxlislariga klub sha’ni va libosi uchun munosib bo‘lish va unvovnlarni qo‘lga kiritish uchun borimni berib o‘ynashga vada beraman", - deya Fernandesh so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda MYu matbuot-xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Fernandesh "qizil iblislar" bilan besh yillik sharnoma imzoladi. Klubga futbolchi transferi 55 million evroga tushdi.
Fikrlar