Brunu Fernandesh Saudiyaga ketish haqidagi savolga javob berdi

  • 11.10.2025 15:45
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi va sardori Brunu Fernandesh "qizil iblislar" safida to‘p surayotganidan baxtiyor ekanini aytib, klubdagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

"Men bu erda baxtliman. Bo‘lmasa, qolmasdim... Menga lahzadan zavqlanish yoqadi.

Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish? Bunday stsenariyni tasavvur qilib bo‘lmaydi, chunki men bilan boshqa hech narsa muhokama qilinmagan", - deya Fernandeshning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Avvalroq OAVda yozda Brununi sotib ololmagan Saudiya klublari yanvarda yana sotib olishga harakat qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Yarim himoyachi "Manchester Yunayted" safida 2020 yil qishidan buyon to‘p surib kelmoqda. Bu davrda Bruno barcha turnirlarda 298 ta o‘yinda maydonga tushib, 100 ta gol urgan va 86 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 50 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!