
Bu arzon o‘yinchi 120 million evrolik yulduzdan zo‘r
“Chelsi” mutasaddilari maydon markazini kuchaytirish uchun “Vest Xem” vakili Deklan Raysni transfer qilmoqchi edi.
Biroq, yarim himoyachining narxini yildan-yilga oshirib borayotgan “Vest Xem” xo‘jayinlari ayni paytda 120 million evro talab qilmoqda. Bu summa hech bir klubni qoniqtirmaydi.
Shuning uchun ham “aristokratlar” bu pozitsiyasiga boshqa o‘yinchi topdi. PSV safida ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgan Ibrohim Sangare tez orada “Chelsi”ga ko‘chib o‘tishi mumkinligi aytilmoqda.
24 yoshli Sangare Kot-d'Ivuar terma jamoasi o‘yinchisi hisoblanadi. Yurgen Klopp bu iqtidor egasining yangi qirralarini ochishi mumkinligiga alohida e’tibor qaratilyapti.
“Chelsi” bu mavsum 48 ta o‘yinda to‘rttadan gol va assist muallifi bo‘lgan Sangare transferini 30-35 million evroga hal qilishi mumkin.
Fikrlar