Bu erda Messining o‘rni yo‘q!

  • 09.01.2022 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

L’Equipe nashri Frantsiya futbolida eng katta ta’sir kuchiga ega shaxslar reytingini tuzib chiqdi. Unga ko‘ra, Ispaniyada katta ahamiyatga ega bo‘lgan Lionel Messi Frantsiyada ham eng zo‘ri bo‘lish uchun hali etarlicha obro‘-e’tibor qozona olmagani ma’lum bo‘ldi.

Ushbu reytingni PSJdan ketishga hozirlik ko‘rayotgan Kilian Mbappe egallab turibdi. Bu hujumchi yozda “Real”ga o‘tishi aytilmoqda. 22 yoshli to‘purar parijliklarning yangi shartnoma bo‘yicha har qanday taklifni rad etmoqda.

Eng ta’siri kuchli futbolchilar orasida ikkinchi o‘rinni “Real”da to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan va uzoq tanaffusdan so‘ng Frantsiya terma jamoasidagi faoliyatini qayta tiklagan Karim Benzema egalladi.

Jahon futbolining yorqin yulduzi Lionel Messi bu reytingda uchinchi qatorda qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!