Bu futbolchi bir mavsumda ikki mamlakat chempioni bo‘ldi

  • 1 iyun, 2023, 08:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik himoyachi Joau Kanselu mavsumni Angliya Premer-ligasida boshlagan edi. Keyinchalik “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan urishib qolgan futbolchi qishki transferlar vaqtida ijaraga berib yuborildi.

Tecno

Kanseluga “Bavariya” boshpana berdi. Mavsum davomidagi ko‘ngilsizliklarga qaramay, portugaliyalik futbolchi uchun mavsum o‘ta muvaffaqiyatli yakunladi.

“Manchester Siti” uzoq vaqt “Arsenal”ni ta’qib qilib, so‘nggi turlarda musobaqa jadvali peshqadamiga aylandi va oxir-oqibat chempionlik unvonini saqlab qoldi.

“Bavariya” esa so‘nggi turda “Borussiya”ning ochko yo‘qotishidan unumli foydalanib, yana chempion bo‘ldi.

Kanselu har ikki jamoa uchun maydonga tushgan futbolchi sifatida Angliya va Germaniya chempionligiga sazovor bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!