
Bu futbolchi birinchi zarbadayoq gol uradi
“Charlton” murabbiyi Jonni Jekson “Chelsi”ga o‘tib ketgan yosh iste’dod egasi Meyson Berstouga juda yuqori baho berdi.
18 yoshli bu o‘yinchi “Chalton” safiga 2020 yili qo‘shilgan edi. 2021 yilning 31 avgustida Berstou debyut uchrashuvida to‘pga birinchi teginishidayoq raqib darvozasini ishg‘ol qilgani ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.
- Bu yigitga imkoniyat berilganida u bundan foydalanib qoldi. Meyson o‘ziga xos noyob iste’dod egasi. Uning bu qadar tez o‘sishga erishganining o‘zi hayratlanarli, - dedi Jonni Jekson.
Yanvarda “Chelsi” kelajagi porloq deyilayotgan hujumchini o‘z safiga qo‘shib oldi, biroq u ijara asosida “Charlton”da qoladigan bo‘ldi.
Fikrlar