Bu futbolchi “Real”ga qimmatga tushadigan bo‘ldi

  • 31 may, 2022, 15:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Monako" yarim himoyachisi Orelen Tchuameni transferi "Real"ga 100 million evroga tushadi, deb xabar beradi jurnalist Santi Auna ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasi orqali.

Tecno

Manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” Tchuameni uchun monakoliklarga 20 million evro qo‘shimcha bonus ham berishi kerak. Ayni paytda tomonlar kelishuvga yaqin turibdi.

22 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda klub safida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. "Transfermarkt" portali Tchuamenini 60 million evroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, yakuniga etgan mavsumda "Real" Madrid Ispaniya chempionligi hamda Chempionlar ligasini qo‘lga kiritdi. "Qaymoqranglilar" evrokuboklar tarixidagi eng titulli klub bo‘lib, ularning kollektsiyasida 14 ta EChL sovrini mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!