
Bu futbolchi Xavining rejalaridan tushib qoldi
Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Memfis Depayning kelajagi hamon noma’lumligicha qolmoqda.
Boisi, niderlandiyalik futbolchi bosh murabbiy Xavi Ernandesning rejalariga kiritilmagan.
Jurnalist Nikola Skiraning xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar ayni damda Depayga yangi jamoa qidirmoqda. Futbolchining o‘zi ketishga tayyor. Chunki, Memfis Qatardagi jahon chempionati oldidan yuqori formada bo‘lishi kerak va u "Kamp Nou"dagi kelajagiga unchalik ishonmayapti.
Depay o‘tgan yozda "ko‘k-anorranglilar"ning sobiq ustozi Ronald Kumanning tashabbusi bilan "Barselona" safiga o‘tgan edi. O‘tgan mavsum gollandiyalik futbolchi La Ligada 12 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Shu tariqa, u Per-Emerik Obameyangdan keyingi jamoaning ikkinchi to‘purariga aylandi.
Fikrlar