
Bu futbolchi Xolanddan zo‘r!
“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz zamonaviy futbolning eng zo‘r hujumchilari – Erling Xoland va Kilian Mbappeni o‘zaro solishtirdi.
- Agar dunyoning eng zo‘r yosh futbolchisi haqida gaplashsak, Kilian Mbappeni Erling Xolanddan ustun qo‘yaman.
Mbappe – faqatgina hujumchi emas, unda juda ko‘p hislat mujassam. U juda tezkor, keng maydon bo‘ylab o‘ynay oladi, raqiblarini aldab o‘tishga qodir.
Meni noto‘g‘ri tushunmang, Xoland ham juda zo‘r, lekin u faqat to‘purar xolos, - dedi Pol Skoulz hujumchilar haqida.
Fikrlar