
Bu futbolchining ishlari yurishib ketdi
Evropadagi manbalarning ma’lum qilishicha, “Chelsi” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino qo‘l ostida asosiy tarkibda muntazam o‘ynayotgan Konor Gallaxerning xaridorlari ko‘payib ketdi.
Hozirning o‘zida Angliya Premer-ligasining beshta klubi – “Tottenxem”, “Vest Xem”, “Brayton”, “Liverpul” va “Nyukasl” Gallaxerni o‘z safiga qo‘shib olish uchun muzokaraga kirishishga tayyor.
Taniqli insayder Saymon Fillips ham Konorga beshta klubdan chorlov bo‘layotganini tasdiqladi.
- Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, “Liverpul” o‘z tarkibidagi angliyalik futbolchilar sonini ko‘paytirmoqchi va ular aynan Konor Gallaxerni nishonga olgan, - deb yozdi Saymon Fillips.
Fikrlar