
Bu gal Fayzullaevni qo‘shishdi
WhoScored internet portali Rossiya Premer-ligasi to‘qqizinchi tur yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi futbolchilardan iborat navbatdagi ramziy terma jamoani tuzdi.
Bu gal ramziy jamoaga TsSKA hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaev ham qo‘shildi. 20 yoshli legionerimiz safarda “Rubin”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda assist qayd etgandi. Jamoasining durang natijasiga hissa qo‘shgan hamyurtimizning harakatlari 7,5 ballga baholangan.
WhoScored talqiniga ko‘ra, 9-turning ramziy terma jamoasi qo‘yidagicha ko‘rinish oldi:
Darvozabon:
Nikita Kokarev (“Ximki”).
Himoyachilar:
Glenn Beyl (“Krilya Sovetov”), Villian Rosha (TsSKA), Egor Teslenko (“Rubin”), Lukas Olasa (“Krasnodar”).
Yarim himoyachilar:
Ilya Samoshnikov (“Lokomotiv”), Eduard Spertsyan (“Krasnodar”), Vendel (“Zenit”), Abbosbek Fayzullaev (TsSKA).
Hujumchilar:
Aleksey Batrakov (“Lokomotiv”), Jon Kordoba (“Krasnodar”).
Fikrlar