Bu gaplardan keyin "Barsa" Ferran Torresni sotib yuboradigan bo‘ldi

  • 06.08.2026 15:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» hujumchisi Ferran Torresning so‘nggi bayonotlari uning jamoani tark etishi ehtimolini kuchaytirdi.

26 yoshli futbolchi «PSJ» tomonidan qiziqish bildirilishini «yaxshi ishora» deb baholadi va shu bilan birga «Barselona» rahbariyatiga uni saqlab qolish uchun tezroq va qat’iyroq harakat qilish kerakligini anglatdi. Mundo Deportivo nashri yozishicha, kataloniyaliklar bu so‘zlarni futbolchining jamoadan ketish istagi sifatida qabul qilgan. Endi klub rahbariyati rasmiy takliflarni kutayotgani aytilmoqda.

Ferran Torres uchun asosiy da’vogar sifatida «PSJ» tilga olinmoqda. «Barsa» rahbariyati parijliklar jahon chempionati finalida hal qiluvchi gol muallifi bo‘lgan hujumchi uchun jiddiy miqdorda to‘lov taklif qilishini kutmoqda. 

Ferranning amaldagi shartnomasi kelasi yili yakunlanadi, ammo kataloniyaliklar uni arzon narxga qo‘yib yuborish niyatida emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!