
Bu holat "Metallurg" - "Surxon" uchrashuvida ilk bor kuzatildi
Kecha Coca-Cola Superligasining 3-turiga start berildi. Bekobodda “Metallurg” o‘z maydonida Termizning “Surxon” klubini qabul qilgan holda 0:0 hisobida durang qayd etganidan xabaringiz bo‘lsa kerak.
Ikkala jamoa ham har qancha urinmasin darvozalarni ishg‘ol eta olmadi. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha bu bahs 21-to‘qnashuvga aylandi.
E’tiborli tomoni shundaki, “Metallurg” – “Surxon” klublarining o‘zaro uchrashuvlari mobaynida hali biror marta 0:0 hisobi qayd etilmagandi. To‘g‘ri, duranglar bo‘lgan, ammo barchasida faqat 1:1 natijasi kuzatilgan. Ko‘rib turganingizdek, mazkur jamoalar bu safar ilk bor darvozalar daxlsizligini “ta’minlay” olishdi.
Fikrlar